Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATIDAN

×

 2024-05-23 11:03:26    209

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish, bir so‘z bilan aytganda “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy etilgan “hokim yordamchi”lari o‘z mahallasida faollik bilan ishlarni davom ettirmoqda.

Jumladan, “Shomirza” mahallasida yashovchi S.Eshonqulovga hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra imtiyozli kredit ajratilib, shlakoblok ishlab chiqarish dastgoxi olib berildi va mahalladagi 4 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, “Sarmozor” mahallasidagi “Water xayot malxam” MChJ rahbari F.Nazarov esa bugungi kunda o‘zi yashab turgan uyida 5 nafardan ziyod yigit-qizlarni bandligini ta’minlab, turli xil ichimliklarni tayyorlash biznesini yo‘lga qo‘ygan. Qolaversa yil yakuniga qadar yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

“Quvurboshi” mahallasida yashovchi F.Toshtemirov hokim yordamchisining tavsiyasi bilan xonadonida issiqxona tashkil qilib tomorqadan unumli foydalanib kelmoqda.

“Baland masjid” mahallasida istiqomat qiluvchi O.Yusupov ham hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra 15 million so‘m kredit mablag‘i olib, traventin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

“Solijonobod” mahallasida tadbirkorlik qilish istagini bildirgan O.Abdumajidovga imtiyozli kredit ajratilib, yog‘ochni qayta ishlash uskunasi olib berildi. Natijada fuqaroning bandligi ta’minlandi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram