Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2024-YIL 15-MAY KUNI 13:00 GACHA TOPSHIRILGAN ARIZALARNI KO‘RIB CHIQISH JARAYONIDA DASTUR TOMONIDAN UY-JOY SOTIB OLISHDA DAVLAT SUBSIDIYASINI AJRATILISHI BO‘YICHA LIMIT YAKUNLANGANLIGINI MA’LUM QILAMIZ

×

 2024-05-23 10:28:15    244

PDF yuklash
Chop etish


 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-mart kungi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-sonli qarori asosida, xozirgi kunda birlamchi (yangi) uy-joylarni “Davlat subsidiyasi” ishtirokida sotib olish tizimi joriy qilingan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-aprel kungi 70-sonli Farmoniga asosan 2024-yilda Farg‘ona viloyatiga uy-joy sotib olishda subsidiya ajratilish bo‘yicha 1720 ta kvota ajratilgan hamda arizalar berish muddati 2024 yil 15-may kunidan 1-noyabr kuniga qadar etib belgilangan.

2024-yil 15-may kuni 13:00 gacha topshirilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida dastur tomonidan uy-joy sotib olishda davlat subsidiyasini ajratilishi bo‘yicha limit yakunlanganligini ma’lum qildi. Natijada, belgilangan tartibda limitdan foydalanish qayta tekshirib chiqilib, haqiqatda yakunlanganligi ma’lum bo‘ldi.

“Nizom”ni 40-bandiga asosan, tizim tomonidan avtomatik ariza olish to‘xtatilganligini inobatga olib, “qo‘shimcha limit ajratilgunga qadar arizalar qabul qilinishi vaqtinchalik to‘xtatilib turilishi mumkin”ligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya.

 

 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram