Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN 10 NAFAR YOSHLARGA MODDIY YORDAM KO‘RSATILDI
2024-05-21 22:19:19 195
Aytish lozimki, Respublikamizda aholi, ayniqsa, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali ishlar yoshlarimizga o‘ziga xos kuch va ruhiyat bag‘ishlamoqda.
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan moddiy ahvoli qiyin bo‘lgan 10 nafar yoshlarga BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Moddiy yordam pullari tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida yoshlarga va ularning ota-onalariga topshirildi.