Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 69-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-05-17 20:18:27 413
Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korruptsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan 2024 yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tuman hokimi Anvarjon Abdullayev hamda tuman sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlari ham taqdimot qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda tumandagi kommunal soha (elektr ta’minoti, gaz, ichimlik suvi, yo‘l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Sessiyada elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yig‘ilishga yuqoridagi sohalar bo‘yicha eng ko‘p murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni viloyatdagi har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi.