Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OTA-ONALAR YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

×

 2024-05-14 23:10:34    256

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida katta Farg‘ona kanali yoqasida joylashgan Paxtakor, Borot va Garmdon mahallalari hududida joylashgan 16 va 43-umumta’lim maktablarida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibida "25-may so‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘quvchilar o‘rtasida tartibli o‘tkazish hamda yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalar bilan kelishib olindi. Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov hamda MMTB, Milliy gvardiya va MChSning mas’ul xodimlari ham qatnashishdi.




 

Yig‘ilish davomida taqiqlangan suv xavzalarida cho‘milmaslik, yozgi ta’til davrida sport musobaqalariga, fan to‘garaklariga hamda nemis tilini o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarni nemis tiliga o‘rgatib, til bilish daraja sertifikatini qo‘lga kiritgan yoshlarni ishlash uchun horijga kafolatlangan ish o‘rinlariga yuborish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram