Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-05-14 12:27:29 190
Sektor rahbarlarining qabulida 60 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda
Qo‘shtepa tumani sektor rahbarlari aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida O’zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabulini o‘tkazmoqda.
Navbatdagi fuqarolar qabulida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirilmoqda. Qabul davomida 60 nafardan ziyod fuqarolar tomonidan bildirilgan turli yo‘nalishdagi masalalar har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.
Shuni takidlash joizki, muammolarning aksariyati qabul chog‘ida ijobiy yechimini topmoqda. Jumladan, Langar mahallasi hududida yashovchi O.Matmusayeva, D.Oripovalarning fuqarolik pasporti bilan bog‘liq muammolari joyida hal etildi va qabul davom etmoqda.
Shuningdek, ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.