Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-05-13 22:27:10 204
Qo‘shtepa tuman hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar birgalikda “O’qchi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Ular dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "ISFAYRAMSOY EXSPORT SAVDO" MChJda bo‘lib, korxona tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport xajmini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tuman rahbari tomonidan tadbirkorga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport xaritasini kengaytirish hamda xajmini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Shuningdek, mahalla hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Tuman hokimi tomonidan hokim yordamchisiga hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda barcha resurslardan foydalanib aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“O’qchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi faoliyat boshlagan tadbirkorlik sube’kti faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi va tuman prokurori tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yog‘ochdan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.