Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHNAT FAXRIYLARI HAMDA XIZMAT VAQTIDA HALOK BO‘LGAN HARBIY XIZMATCHILARNING OILASIDAN XABAR OLINDI

×

 2024-05-08 15:27:56    46

PDF yuklash
Chop etish


Yo‘qlov

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari tumanimizdagi nuroniy keksalar hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilasidan xabar olishdi.

Tashrif chog‘ida mard o‘g‘lonlarning vatan oldidagi ko‘rsatgan xizmatlari doimo e’tiborda ekanligi yana bir bora ta’kidlandi. Yoshi ulug‘ nuroniylarimizning duolari olinib,   ularning oilasiga bayramoldi sovg‘a-salomlari ulashildi.

Mazkur tashrifdan xonadon egalarining ko‘ngillari tog‘day ko‘tarildi.

Xotira va qadrlash kuni tadbirlari tumanimizdagi barcha mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda davom etib, nuroniy keksalar yo‘qlanmoqda.


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram