Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FERMER XO‘JALIKLARINING ISHCHILARI VA MEXANIZATORLARGA QULAYLIK YARATISH MAQSADIDA ISH HAQLARI DALA MAYDONLARIGA BORIB TARQATILMOQDA

×

 2024-05-07 20:15:15    159

PDF yuklash
Chop etish



Agrobank Qo‘shtepa filiali tumandagi 128 nafar paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Joriy yil hosili uchun g‘o‘za maydonlarida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklarining ishchilari va mexanizatorlarga qulaylik yaratish maqsadida ish haqlari bank xodimlari tomonidan dala maydonlariga borib tarqatilmoqda.

Jumladan, bugun bank xodimlari “A.Niyozov Oqtepa”, “Qumtepa Qamishtepa”, “Qoraqushchi Otaboyev”, “Baxt Yo‘ldosh Oxun” hamda “Baxt Paxtakor Garmdon” MMTPlari hududida faoliyat yuritayotgan 30 nafar fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatishdi. G’o‘za parvarishlayotgan dehqonlarning ish haqlari dala maydonlariga yetkazib berildi.

Shuni ta’kidlash lozimki, 8-9 may kunlari ham grafik bo‘yicha tumanning boshqa hududlaridagi fermer xo‘jaliklari a’zolariga va mexanizatorlarga ish haqlari yetkazib beriladi.

Albatta bunday tadbirlar o‘z navbatida dalalarda mehnat qilayotgan zahmatkash insonlarni g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi.





 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram