Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BALAND MASJID” MAHALLASIDAGI ESKI SIM YOG‘OCHLAR YANGI TEMIR TAYANCH BETONLARIGA ALMASHTIRILMOQDA
2024-05-07 16:11:14 128
Respublika ishchi guruhi Qo‘shtepada
Respublika ishchi guruhi a’zolari tashabbusi bilan Qo‘shtepa tumanining barcha sektorlaridagi mahallalar infratuzilmalarini yanada rivojlantirishdagi muammolar aniqlanib ularni ijobiy hal qilish imkoniyatlari va chora-tadbirlari jadal amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2-sektorning “Baland masjid” mahallasida aholining murojaatlari va takliflari inobatga olinib, Baland masjid ko‘chasiga aholi tomonidan qo‘lbola usulida o‘rnatilgan sim yog‘ochlar o‘rniga 22 ta yangi temir tayanch betonlar olib kelindi.
Bugun tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududdagi eskirgan sim yog‘ochlar o‘rniga yangi temir tayanch betonlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.