Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ISTIQBOL” MAHALLASIDA KAM TA’MINLANGAN OILA XONADONINI TA’MIRLANMOQDA

×

 2024-05-07 12:40:23    154

PDF yuklash
Chop etish


Ko‘makka muhtoj kishilarga muruvvat ko‘rsatish, bag‘rikenglik qilish xalqimizning azaliy an’analaridan hisoblanadi. Zero, savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak.

Inson har doim o‘ziga hamda yaqinlariga ezguliklarni sog‘inib yashaydi. Yaxshi kunlari ko‘p bo‘lishini, to‘ylar qilib, farzandlari baxtu kamolini ko‘rishni istaydi. Biroq turli sabablar tufayli moddiy taqchillik holatlariga ham tushib qolishi mumkin.

Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida mahalladagi Obod ko‘chasida yashovchi Alisher Ulug‘ovlar oilasi og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolganligi va yashash uy-joylari ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.

Ushbu mammoni ijobiy hal etish hamda oilani uy-joylarini ta’mirlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Anvarjon Abdullayev taklifiga asosan “Sanoat qurilish bank” ATB viloyat filiali homiyligi asosida Alisher Ulug‘ovlarlarning xonadoni mukammal ta’mirlanmoqda.

Darhaqiqat, Qo‘shtepa tumanida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, ehtiyojmand oilalarning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida tizimli tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram