Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’QUV-AMALIY SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
2024-05-04 11:22:47 385
Qo‘shtepa tumani hokimligida hujjatlar bilan ishlashda ish yuritishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ijro intizomini mustahkamlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminarda Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, tuman hokimligi ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi G’.Xomidov, tuman hokimligi Devonxonasi mudiri Z.Maxammadjonov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi B.Musayev hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha tumandagi korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish hamda mavjud ish hujjatlarini davlat tilida yuritilishi masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirokchilarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro nazoratini tashkil etish, ish yuritish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va topshiriqlarining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi elektron tizimida ijrosini nazorat qilish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.