Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI IPAK QURTI PARVARISHLAYOTGAN XONADONLARDA BO‘LDI
2024-05-02 14:46:05 248
Ipak qurti parvarishi kun sayin qizg‘in tus olmoqda. Yaxshi hosil uchun e’tibor bilan birga mehr ham berish kerak.
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev hududlarda bo‘lib qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan dolzarb yumushlar ijrosi bilan tanishdi.
Tuman rahbari dastlab, ipak qurti parvarishlayotgan xonadonlarda bo‘ldi
- Ipak qurtlarini parvarish qilishda har bir yoshi uchun talab etiladigan agrotexnika qoidalariga to‘liq rioya qilish kerak, ana shunda yaxshi natijaga erishiladi, - dedi pillakorlar bilan suhbatlashgan tuman hokimi.
Joriy yilda tumandagi fermer xo‘jaliklari hamda kasanachilar tomonidan 2 ming 423 quti ipak qurti parvarish qilinib, 145 tonnadan ziyod kumush tola yig‘ib olish rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Ipak qurti parvarishi uchun tumanda 2 ming 200 dan ortiq ipak qurti boquvchi oilalar hamda 392 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan ichki shartnomalar tuzilgan. Ayni kunlarda esa ipak qurti parvarishi qizg‘in davom etmoqda.