Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOJIAKBARNING BIZNESI
2024-05-02 11:29:55 264
Tadbirkor—el-yurtga madadkor
Turkiya meva-sabzavot quritish va qadoqlash korxonasi va restoranlarida ishlab qaytgan, o‘z yurtida ishni nimadan boshlashni bilmay turgan Hojiakbar Murodovga “Eshonguzar” mahallasidagi hokim yordamchisi Akbarjon Umarov yordamga keldi. Unga Prezidentimizning o‘tgan yil 14 sentyabridagi qaroriga ko‘ra, 100 million so‘mgacha garovsiz imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini boshlashi mumkinligini aytib, bu borada amaliy yordam berishini bildirdi.
Shu kunlarda Hojiakbar ana shu kreditni oldi. Turkiya va Xitoydan meva-sabzavotni qayta ishlash va quritish uskunalarini sotib olib, xozirda xonadonida o‘z biznesini boshlab, oltita ish o‘rni yaratish harakatida.