Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ONALARGA EHTIROM BUYUKLIK RAMZI: ISTIQLOL MAHALLASIDA ONALARGA IZZAT-IKROM KO‘RSATILDI
2024-04-29 19:15:38 218
Bahorning eng go‘zal va tarovatli kunlarida Istiqlol MFY hududidagi 11-DMMTda “Onalarga ehtirom” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva ishtirok etdi.
Marosimga mahalla bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirga 11-DMMT xodimlarining volidalari va qayinonalari taklif etildi.
Tadbir ishtirokchilarini ushbu tadbir bilan qutlagan M.Yuldasheva barcha barcha mo‘’tabar zotlarga o‘z tashakkurini bildirar ekan, bu kabi tadbirlarning asl mohiyatida ota-onaga hurmat ko‘rsatish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash mujassamligini ta’kidladi.
Yorqin va iliq lahzalarga boy o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilari onajonlariga esdalik sovg‘a va guldastalarini taqdim etib, hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek ishtirokchilar tomonidan tayyorlagan ijodiy ko‘rinishlar ham namoyish etildi.