Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IZLAGAN IMKON TOPAR: XALQOBODLIK GULSORAXON QOPDA SABZAVOT YETISHTIRMOQDA

×

 2024-04-26 15:25:43    216

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanining Xalqobod mahallasida yashovchi Gulsoraxon Valiyeva esini tanibdiki, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. U mehnat qilib, yer bilan tillashib, aslo kam bo‘lmadi.

– Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanar ekan, – deydi Gulsoraxon. – Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Demak, boy bo‘lish, to‘kin-sochin yashash o‘zimizni qo‘limizda. Buning uchun kishida mehnatga ishtiyoq, havas bo‘lsa kifoya.

Gulsoraxon singari ayollar tomorqadan omilkorlik bilan foydalanish ro‘zg‘orga baraka, hamyonga esa daromad keltirishini anglab yetishgani uchun yerning kaftdek qismini ham bo‘sh qoldirmasdan, unumli foydalanishadi. Shundan bo‘lsa kerak bunday kishilarning hovlisiga qadam qo‘ysangiz, obod tomorqalarini ko‘rib, bahri-dilingiz ochiladi, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Gulsoraxon bosh ushbu oila har yili tomorqasini yashnatib plyonka ostida pomidor, qalampir, bulg‘or qalampir, baqlajon, karam ko‘chatlarini yetishtirishadi. Xovlida tok ham parvarishlanadi. Xonadon sohibasining qiziqishini qarangki, tok ostidagi yerlardan ham unumli foydalanib, qop ichiga tuproq solib sabzavotlarni turidan ekkan. Xatto “shlakoblok”lar gul tuvak o‘rnida ishlatilib, orasiga gul ekilibdi. Xovlining bir chetida asalari, molxonada esa go‘shtga zotdor navvos boqilsa, bir burchakda biogumus tayyorlanadi. Qolaversa yon qo‘shnisining 15 sotix bo‘sh turgan tomorqasiga pomidor ko‘chatlari ekilgan.

Oilaning asosiy daromadi ko‘chatchilikdan. Bu yil yetishtirilgan ko‘chatlardan 10 million so‘mga yaqin daromad olindi. Bundan tashqari 20 kilogram asal, 4 tonna biogumus sotildi. Nasib bo‘lsa hali bu daromadlar yoniga uzumdan, asaldan, 4 ta navvosdan hamda sabzavotlardan olinadigan daromadlar ham qo‘shiladi. Biz nima ham derdik, yaxshi niyatda barakasini bersin deymiz-da.

– 3 nafar farzandimizni shu dehqonchilikdan topgan daromadimiz orqali voyaga yetkazdik, o‘qitdik, qizlarimizni turmushga uzatdik. Xullas, tomorqada ishlab, kam bo‘lmadik, – deydi kamtar ayol Gulsoraxon.

Darhaqiqat, Gulsoraxon Valiyeva singari opa-singillarimiz tomorqa katta daromad manbai ekanligini allaqachon anglab yetishgan. Lekin, bir jihat dilni xira qildi. Afsuski, oramizda to‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa-da, hayhotdek tomorqasini bo‘sh qo‘yib, qarovsiz qoldirganlar yo‘q emas. Menimcha, tumanimizdagi har bir mahallada qut-baraka manbai bo‘lmish tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish, daromad topib, oila farovonligini ta’minlash bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirilsa va Gulsoraxon Valiyeva kabi tomorqachilar tajribasi ommalashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.












 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram