Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMLIGIDA “MA’RIFIY ISLOHOTLAR VA BARKAMOL INSON TARBIYASI” MAVZUSIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI

×

 2024-04-26 13:30:47    128

PDF yuklash
Chop etish


 

 

Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida hokimlik xodimlari uchun “Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida ma’ruzachilar tumandagi 2-IDIMI ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi I.Rizayeva, 1-sonli kasb hunar maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi F.Yunusovalar “Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusiga tegishlicha to‘xtalib o‘tdilar.

Barchamizga ma’lumki, joriy yil 22-26 aprel kunlari an’anaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.  “Kitobsevar millat” shiori ostidagi haftalik Qo‘shtepa tumanida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bugungi tadbirda ham kitobxonlik targ‘ibotiga alohida to‘xtab o‘tildi.

Haftalik doirasida tumanimizda o‘tkazilgan tadbirlar va haftalikning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tgan tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova o‘zining shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan badiiy kitoblarni o‘qish uchun hokimlik xodimlariga tavsiya qildi.

Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari U.Xolmatov haftalik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan I.Rizayeva va F.Yunusovalarni rag‘batlantirdi.   









 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram