Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR MUAMMOLARI DOIMIY E’TIBORDA
2024-04-23 18:16:36 225
Viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova Qo‘shtepa tumanidagi 9-IDUMda Xalqobod mahallasida yashovchi 10 nafardan ziyod alohida toifadagi yoshlar bilan uchrashdi va ularni qiynab kelayotgan muammo hamda kamchiliklarini eshitdi.
Muloqotda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva va mas’ullar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir muammolar batafsil muhokama etilib, ularning ba’zilariga shu yerning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, bajarilishi muddat talab etadigan ayrim masalalarning ijobiy yechimi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.