Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI ADLIYA BO‘LIMI TOMONIDAN AHOLIGA YOQILG‘I-ENERGETIKA TIZIMIDAGI YANGI TARIFLAR VA ASOSIY O‘ZGARISHLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR BERILMOQDA
2024-04-23 12:15:07 198
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2024–2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gazning bir oylik iste’moli bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.
Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi xoimlari tomonidan ham aholiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024-2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yil 1 maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari haqida atroflicha tushuntirish berilib, keng ko‘lamda targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
O’tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida aholiga yoqilg‘i-energetika tizimidagi yangi tariflar va asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berilmoqda.