Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-04-22 22:13:27 110
Qo‘shtepa tumanida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, ehtiyojmand oilalarning muammolarini o‘rganish va hal etish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan ayni kunlarda tuman sektor rahbarlari, tashabbuskor muassasalar hamda saxovatpesha insonlar amaliy ko‘magi va xomiyligida ana shunday oilalarga uy-joy qurib berilmoqda.
Bugun tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Ko‘prikboshi mahalla fuqarolar yig‘ini, Kattariq ko‘chasida istiqomat qiluvchi Odiljon Nazarov va Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini Qorajiyda ko‘chasida yashovchi Odiljon Parpiyevlarning xonadonida bo‘lib, ushbu oilalarga qurilayotgan uy-joyni tom qismini yopish, devor ko‘tarish ishlari bilan tanishdi.
Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli hamda belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari nazoratga olindi.