Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 152 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA: “AYOLLAR DAFTARI”DAGI XOTIN-QIZLARGA MINI-PECHLAR BERILDI

×

 2024-04-22 13:34:49    83

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishi uchun imkoniyatlar yaratish, jamiyatdagi o‘rnini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, bugun tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirokida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga olingan 12 nafar xotin-qizlarga subsidiyaga mini-pechlar topshirildi.

 Tadbir davomida bugun xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik, ayniqsa ijimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan moddiy va ma’naviy ko‘mak qiynalgan ayollarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida, ularda yaxshi yashash sari intilishlariga turtki bo‘layotgani ta’kidlandi.

O’z navbatida xotin-qizlar ham ushbu e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchiliklarini bildirdilar. Bu kabi ishlar tumanda davom etmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu pishiriq pechlari “Ayollar daftari” jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 12 nafar ayollarni bandligini ta’minlash maqsadida berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram