Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2024-04-20 12:49:12    230

PDF yuklash
Chop etish


 Yig‘ilishda yoqilg‘i-energetika tizimidagi yangi tariflar va asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi

Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tuman hokimi A.Abdullayev rahbarligida tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari va mahalla yettiligi ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va uning doirasida amalga oshiriladigan ishlar, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024 yil 1 maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari haqida atroflicha tushuntirish berildi. Shuningdek, qabul qilingan qaror bo‘yicha mahallalarda keng ko‘lamda targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida Sayxunobod va Uychi tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa zolzarb masalalar ham muhokama qilinib, tegishli ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.







 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram