Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-04-19 17:28:18 350
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev Nurafshon mahallasida bo‘ldi. Xususan, hududda Sayxunobod va Uychi tumanlari misolida tumanda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda ularni daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tuman rahbari mahalladagi tadbirkor Odinaxon Uzaqova tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish loyihasi asosida 100 million so‘m imtiyozli kredit hisobidan tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkorga eksport bob tirkotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hamda eksportni yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar berildi.