Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH – USTUVOR MASALA
2024-04-17 15:52:37 210
Bugungi kunda yoshlarga e’tibor, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.G’aniyevlar birgalikda Yangi ariq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mahalla mas’ullari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek, tuman rahbari tomonidan mas’ullarga yoshlar bandligini ta’minlashga e’tiborni yanada kuchaytirsh yuzasidan aniq va zaruriy tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar berildi.