Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOROT MAHALLASINING 4.5 KILOMETR ICHKI YO‘LLARI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA
2024-04-15 11:41:51 177
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Borot mahallasining infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 6.2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xususan, ushbu mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 2.9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, loyiha doirasida 14 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 1 ta 32 metrlik suv minorasi o‘rnatish, shuningdek, 1.6 milliard so‘m mablag‘ evaziga 7 kilometr elektr tarmog‘i tortish va 5 ta TP o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Hozirda mahalladagi 4.5 kilometr ichki yo‘llarini asfaltlashtirish uchun amaliy ishlar boshlandi.
Bugun mahalla ahli hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlardan mamnun.