Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PATRONAJ HAMSHIRALARIGA VELOSIPED TOPSHIRILDI
2024-04-09 12:45:42 188
Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Farg‘ona viloyati Kengashi tashabbusi bilan kasallikka qarshi kurashish va bemorlar holidan xabar olishni tezkor amalga oshirish maqsadida shahar va tumanlarda faoliyat yuritayotgan hududdagi patronaj hamshiralarga velosiped topshirildi.
Jumladan, Qo‘shtepa tuman Tibbiyot birlashmasi patronaj hamshiralari faoliyatini yaxshilash, ularning og‘irini yengil qilish maqsadida 3 ta velosiped Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i (v.v.b) X.Teshaboyev, bosh hamshira X.To‘lanovalar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tashabbus birlamchi tizim sifatini yaxshilash, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida, shuningdek, hududidagi bemorlar holidan vaqtida xabardor bo‘lib turish uchun yo‘lga qo‘yildi.
— Oilaviy poliklinikada ish boshlaganimga 20 yildan oshdi. Poliklinika bilan men xizmat ko‘rsatadigan qishloq orasidagi masofa 10-15 kilometrni tashkil etadi, — deydi Qo‘shtepa tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga qarashli Do‘rmon oilaviy shifokor punkti patronaji Ilhomjon Rahmatov. — Ba’zida piyoda kuniga 20 kilometrdan ziyod masofa bosar edim. Endi esa yanada qulay bo‘ldi, velosipedda yuraman. Harakatlanib turishning salomatlik uchun ham foydasi katta. Bu bilan aholiga o‘rnak ham bo‘lamiz.