Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/b8b79d9aa2d761efa9346.jpg)
2024-04-08 20:49:07 117
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev va tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar bugun hududlarda bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bahorgi yumushlar, chigit ekishning borishi, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan bahorgi oziqlantirish hamda sug‘orish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ular dastlab "J.Jaxonov Do‘rmon" MMTP hududidagi "Omadli Azamat", "Baxt Paxtakor Garmdon" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Amuroli Buvo" va "Marufjon Baraka fayzi" fermer xo‘jaliklari dalasida bo‘lib, joriy yil hosili uchun chigit ekilishi rejalashtirilgan hamda g‘alla maydonlarida olib borilayotgan bahorgi oziqlantirish va sug‘orish ishlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, "Far Shahartepa Shomirza" MMTP hududidagi "Xomidbek Davronbek", "X.A.Yassaviy Loyson" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Foziljon Mo‘savoyzoda" nomli fermer xo‘jaligi dala maydonlarini ham ko‘zdan kechirishdi.
Tuman hokimi tomonidan chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash, texnikalar kuchidan samarali foydalanish, g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida bajarish, jarayon ishtirokchilariga yetarli sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida tumanda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi va tuman prokurori tomonidan mas’ul rahbarlarga "Yashil makon" umummilliy loyihasida belgilangan tartibda yo‘l yoqalariga, aholi xonadonlari va tomorqa yer maydonlariga manzarali va mevali darxt ko‘chatlari ekish rejasini bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
![](https://telegra.ph/file/b8b79d9aa2d761efa9346.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a4203b55e875093535321.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e3259fff463101b8a62b0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1bcad00e42f83bb7ea9a5.jpg)