Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YIG‘ILISHDA: TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
2024-04-06 12:41:43 279
Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasining majlislar zalida tibbiyot birlashmasining mas’ul rahbarlari, bosh akusher-ginekologlar, barcha OP, OShP, KTMP mudirlari, katta hamshiralari va doyalari ishtirokida “Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasida aholini reproduktiv salomatligini saqlash, jumladan onalar va go‘daklar o‘limini oldini olish yuzasidan 2023-2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i (v.v/b) X.Teshaboyev, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, xotin-qizlar bo‘yicha katta inspektor, mayor M.Vaxapovalar so‘zga chiqib, kun tartibidagi masala “Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasida aholini reproduktiv salomatligini saqlash, jumladan onalar va go‘daklar o‘limini oldini olish yuzasidan 2023-2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Yig‘ilish davomida aholini reproduktiv salomatligini saqlash, jumladan onalar va go‘daklar o‘limini oldini olish borasida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, Qorajiyda OShPda qayd etilgan 1 nafar onalar o‘limi bilan bog‘liq holat ham tanqidiy va taxliliy muhokama qilinib onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi hamda bu borada tumandagi barcha mas’ullarning hamkorlikda ish tashkil qilishlari ta’kidlandi. Mutasaddilarga topshiriqlar berilib, chora-tadbirlar rejasi belgilandi.