Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI YO‘LDOSHOBOD MAHALLASIDA BO‘LDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/6174b7d318c27ed01a8ff.jpg)
2024-04-05 17:29:00 143
![](https://telegra.ph/file/6174b7d318c27ed01a8ff.jpg)
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla ahlining muammolarini o‘rgandi. Shuningdek, mahalla binosining bo‘sh turgan qismida tashkil etilgan tikuvchilik o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga hududdagi ishsiz xotin-qizlarni ushbu o‘quv markaziga keng jalb etish hamda hunar o‘rganishlariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tuman rahbari ushbu joyda tadbirkor Lochinbek Taniqulov tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligida muxum bo‘lgan bilolagik maxsulotlar yetishtirish laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishib, tadbirkorga faoliyati kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.
![](https://telegra.ph/file/4b080d9646dbed37b3a84.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1d9aa2c9e8a57006de063.jpg)