Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘ZIQORINDAN OYIGA BESH MILLION SO‘M DAROMAD

×

 2024-04-05 11:39:31    174

PDF yuklash
Chop etish


 

Dehqonchilikning “tili”ni bilgan kishi har qanday sharoitda mo‘l hosil va yaxshigina daromad olishni eplaydi. Buni yaxshi anglagan Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasida yashovchi Madinaxon Saidova bugungi kunda iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan qo‘ziqorin yetishtirib, mo‘maygina daromad topmoqda.

Madinaxon 2023 yili mahalladagi hokim yordamchisi Ma’rifatxon Saidovaning tavsiyasi bilan o‘z xonadonida bir sotix yerda ish boshladi. Hozirda oiladagilarning barchasi qo‘ziqorin yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘lib, qo‘shimcha daromad topishmoqda.



– Biz hozir uy sharoitida qo‘ziqorin yetishtiryapmiz, – deydi Madinaxon Saidova. – Bu nav juda foydali va oqsilga boy. Xaridorlari ham ko‘p. Bu nav 28 kunda hosilga kirib, bir oyda to‘liq pishib yetiladi. Oyma-oy xonadonimizga besh million so‘m qo‘shimcha daromad kirib kelmoqda. Afzallik tomoni, uni yil davomida yetishtirib, daromad olsa bo‘ladi, mavsum tanlamaydi. Shuning uchun “Uy sharoitida nima ish boshlasam ekan” deb o‘ylanib turganlarga qo‘ziqorinchilik bilan shug‘ullanishlarini taklif qilaman.

Ma’lumot uchun: “kalla” navli qo‘ziqorinning bir kilogrami ichki bozorda 35-40 ming so‘mdan sotilmoqda. 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram