Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHMOQDA
2024-04-03 22:07:40 113
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida tumandagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Xususan, bugun tuman rahbari 36-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, dars va kasbga o‘qitish jarayonlari hamda fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek tuman rahbari 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda oziq-ovqat zaxirasida saqlanayotgan mahsulotlar sifati bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.