Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-04-03 16:57:26    125

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil hosili uchun chigit ekish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida Qo‘shtepa tumanida ham alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Tumanda bu yil paxta hosili uchun 6 ming 890 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda qo‘shtepalik fermerlar yuqori kayfiyatda ish olib borishmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev hududlarda bo‘lib, fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan bahorgi yumushlar  va chigit ekish jarayoni bilan tanishdi.

Xususan, tuman hokimi "G’ishtmon Chimkent" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Voxobjon Abdullajon o‘g‘li" va "Boxodirjon sara xosili" fermer xo‘jaliklarida hamda "J.Jaxonov Do‘rmon" MMTP hududidagi "Abdusamat Jasurbek" fermer xo‘jaligida bo‘lib, joriy yil hosili uchun chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda hamda g‘alla parvarishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga chigit ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.





 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram