Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BALAND MASJID MAHALLASINING 13 KILOMETRGA YAQIN ICHKI YO‘LLARI YANGI QIYOFA KASB ETMOQDA
2024-04-03 10:07:00 214
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Baland masjid mahallasining infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 7.5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xususan, ushbu mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilanib, loyiha doirasida 12.8 kilometr toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda 1 ta suv minorasi o‘rnatish, mavjud 1 ta suv minorasini rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, hozirda mahalladagi Navro‘z, Ma’rifat, Sayilgoh, Bodomzor, Ziyo, Baland masjid, Rovvot, Norin, Maktab, Olamgir, Navquron ko‘chalarining 12 kilometr 800 metr qismida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.