Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOMORQA - QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI
2024-04-01 11:59:05 188
Qo‘shtepa tumanida o‘z xonadonida ichki imkoniyatlardan foydalanib, mehnati ortidan rizq topayotgan oilalar juda ko‘p. Jumladan, O’qchi MFYda istiqomat qiluvchi Sultonovlar oilasi ham huddi shunday oilalardan hisoblanadi.
Oila boshlig‘i Davlatjon Sultonov hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 2022 yilning avgust oyida 20 mln. so‘m imtiyozli kredit olib tadbirkorlikni 6 dona qo‘y bilan boshladi. Bugun ularning soni 20 taga yetdi.
Qolaversa, bu oila xonadonidagi 3 sotix issiqxonadan yiliga 2-3 marotaba hosil olib, 10 mln. so‘mga yaqin daromad topadi. Asosan issiqxonada qulupnay, qalampir, pomidor yetishtiriladi.
Berilgan ushbu imkoniyatdan foydalanib ham oila daromadini oshirib, ham xalqimiz dasturxonini to‘kin bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shayotgan bunday ibratli oilalar soni ortaversin.