Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
2024-03-30 12:49:16 142
Bugun Imom al-Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng tarqatish maqsadida 19-umumta’lim maktabida "Hadis ilmining dahosi" mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi.
Imom al-Buxoriyning hayoti, ilmiy merosini o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish, xalqimiz ma’naviyatining mustahkam ildizlaridan biri bo‘lgan diniy qadriyatlar bilan kengroq, chuqurroq tanishtirish, ularni keng omma, ayniqsa yoshlar tomonidan sog‘lom idrok etilishiga yordamlashish barchamizning asosiy vazifamizdir.
O’tkazilgan tadbirda o‘quvchilar tomonidan Imom al-Buxoriyning hayoti va ijodi, asarlari haqida keng ma’lumotlar berildi, hadislaridan namunalar aytildi.
Tadbir davomida faol bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.