Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-30 11:43:07    86

PDF yuklash
Chop etish





Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanining barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida joylarda ko‘chat o‘tqazish, obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda barcha soha vakillari faollik ko‘rsatishmoqda.

Bugun Fayz MFY hududida mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu tadbirda tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Inomjon Marayimov ham ishtirok etdi.

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — yurtimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishiga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish hamda qishloq va mahallalar hududlarini, aholi turar joylari atrofini bundan-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iboratdir.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ekish tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.




















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram