Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ISHCHI GURUH QO‘SHTEPA TUMANIDA O‘RGANISH OLIB BORDI
2024-03-29 17:05:15 172
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishlarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport hamda ekologiya sohalarida 2024 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator ustuvor vazifalar bo‘yicha ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.
Qo‘shtepa tumanida faoliyat olib borayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlaridan iborat ishchi guruh a’zolari tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishdilar.
Tumanda 162 o‘rinli shifoxona 100 qatnovli markaziy poliklinikaning lokal kanalizatsiya tarmog‘i 1986 yilda qurilgan bo‘lib, hozirda yaroqsiz holga kelganligi aniqlandi.
Shuningdek, ishchi guruh tumanda mahalliy ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Xususan, oyiga 13 tonna momiq sochiqlar ishlab chiqaruvchi “Turon Umar Tex” korxonasida 50 nafarga yaqin ishchi xizmatchilar mehnat qiladi. O’rganishlar davomida mahalliy to‘qimachilik yo‘nalishidagi o‘rta biznes vakillarini bugungi kundagi muammolari o‘rganildi va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflari olindi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan bir qator tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi. Xususan, Nargiza Boymirzayevaga tikuvchilik soxasida usta-shogird yo‘nalishi bo‘yicha subsidiya olish, Ilhom Nuriddinovga metalni qayta ishlash faoliyatini kengaytirish uchun bank krediti ajratishiga amaliy yordam berildi.