Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA “TASHABBUSLI BYUDJET” SAMARASI: MUAMMOLAR BOSQICHMA-BOSQICH O‘Z YECHIMINI TOPMOQDA
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ebc7b218314586224d0a7.jpg)
2024-03-29 07:57:51 120
![](https://telegra.ph/file/ebc7b218314586224d0a7.jpg)
Qo‘shtepa tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasida o‘z tashabbuslari bilan faol qatnashgan mahallalardagi yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda.
Xususan, Fayz mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ham mazkur loyihada faol ishtirok etishdi. Loyihaning 2023 yil 2 mavsumida g‘olib bo‘lishdi va bu tashabbusni amalga oshirish uchun 1 mlrd 320 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Mahallada elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 4 dona transformator, 237 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatish, 5,5 ming metr zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari nihoyasiga yetkazilib, aholi yangi tarmoqqa ulandi. Mahalladagi ushbu ishlar “Uychi Olmos” MChJ tomonidan olib borildi.
![](https://telegra.ph/file/20e7227b1750506b8f946.jpg)
![](https://telegra.ph/file/cda53a64d1fd973830b56.jpg)
![](https://telegra.ph/file/bc446b7c58dd570074872.jpg)