Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
2024-03-28 18:34:41 173
Joriy yilning 28-mart kuni tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Kadastrlar palatasi tuman bo‘limi, "Karnaychi" mfy hamda hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish joylarida o‘rganish o‘tkazildi.
O’rganish davomida asosiy e’tibor 2023-yil 22-dekabr kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan vazifalar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-mart kungi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 5040-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma - bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 61-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga qaratildi.
Tahlil yakuniga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.