Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILA MUSTAHKAMLIGI UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ
2024-03-27 15:52:53 261
Qo‘shtepa tumanida oilalarni mustahkamlash, ajrimlarni oldini olishga qaratilgan "Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanning 3-sektor hududida joylashgan mahallalar "Oqila ayollar harakati" a’zolari, nomurosa oilalar va ajrim yoqasidagi oilalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir mehmoni viloyat "Oqila ayollar harakati" rahbari Yu.Rahimovaning oilaviy qadriyatlarimizni mustahkamlash, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash va oilaviy ajrimlarni oldini olishga doir fikrlari ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupova tumanda oilaviy ajrimlarni oldini olish borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga doir fikrlarini bildirdi.
Tadbir yakunida nomurosa oilalar bilan o‘tkazilgan suhbat natijasida ikkita oilaviy kelishmovchilik bartaraf etildi.