Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RESPONDENTLARNING HAMDA RO‘YXATGA OLUVCHI XODIMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2024-03-26 15:22:26 173
O’zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda respondentlardan olingan to‘liq va ishonchli ma’lumotlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aholini ro‘xatga olish jarayonida respondentlar qanday huquq va majburiyatlarga egadirlar?
Respondentlar o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilishi, o‘zi uchun to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqishi, ro‘yxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlashtirishi, ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermasligi, ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega. Respondentlar aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi shart ekanligi mazkur qonunning 19-moddasida belgilab qo‘yilgan.
O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’RQ-611-sonli qonunining 20-moddasiga asosan ro‘yxatga oluvchi xodimlarning ro‘yxatga olish varag‘iga binoan respondentlardan shaxsga doir ma’lumotlarni olishi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarni bajarganlik uchun mehnatiga haq olish huquqiga ega ekanligi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishni boshlashdan oldin respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida Aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi, shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi, ularning mazmunini oshkor qilmaslik kabi huquq va majburiyatlari mavjud.