Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUBORAK RAMAZON OYIDAGI SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-26 12:56:03    132

PDF yuklash
Chop etish


 

Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida ham keng ko‘lamda xayrli ishlar amalga oshirilib, yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-muruvvat, yaxshilik fazilatlari yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar har tomonlama qo‘llab-quvvatlatlanmoqda.

Shuningdek, tuman sektor rahbarlari tomonidan yoshi ulug‘ keksalar, nogiron, yakka yolg‘iz yashovchi, kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olinmoqda.

Xususan, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Qiyqi mahallasi, Chinortepa ko‘chasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Shoxsanam Raxmonovalarning xonadonida bo‘lib, ularning xolidan xabar oldi. Iftorlikda mehmonlar va mezbonlar dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.  

Ushbu oilaga “Ramazon tuhfasi” sifatida kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

O’zlariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan xonadon egalari, tinch va osoyishta yurtimizga shukrona aytib, duoda bo‘ldilar.






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram