Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RAMAZON – INSONLAR O‘RTASIDA MEHR-OQIBAT RISHTALARINI MUSTAHKAMLOVCHI MUBORAK OYDIR

×

 2024-03-21 08:47:03    165

PDF yuklash
Chop etish



Ramazon – nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayr-u saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.

Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Qo‘shtepa tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.

Xususan, Shahartepa mahallasidagi to‘yxonada hududda yashovchi 100 nafardan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek, “Temir daftari”dagi fuqarolar va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka tilab, duo qilishdi. 

Iftorlik tadbirida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari I.Xamraqulov ham ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida 200 dan ziyod xonadonlarga mahalladagi xomiylar tomonidan tayyorlangan go‘sht mahsulotlari tarqatildi.

Bu kabi iftorliklar tamandagi har bir mahallalarda davom etmoqda.

 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram