Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IMKONIYATI CHEKLANGAN FUQAROLAR UCHUN “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI” O‘TKAZILDI
2024-03-20 13:55:30 194
Bugun Qo‘shtepa tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Unda kasb-hunar o‘rganish, ishlash va o‘qish istagidagi imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etishdi.
Mehnat yarmarkasida tumanimizda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’ektlari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan maxsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar.
Tadbirda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ham ishtirok etib, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi ish topishda qiynalayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarni ish bilan ta’minlashda zarur va ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Mehnat yarmarkasi davomida ishlash istagida bo‘lgan imkoniyati cheklangan fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar hamda mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi.