Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRLI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2024-03-18 20:46:39    151

PDF yuklash
Chop etish


 

Ramazon oyida yurtimiz bo‘ylab xayrli tadbirlar an’anaga aylangani sir emas. Betakror insoniylik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan iftorlik tadbirlaridan xalqimiz mamnun.

Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi barcha mahallalarda kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor hamda nuroniy otaxon va onaxonlar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Sohibkor mahallasida istiqomat qiluvchilar uchun yozilgan iftorlik dasturxonidan ham barcha birdek mamnun bo‘ldi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniylar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdi. 

Iftorlik tadbirida tuman hokimligi, O’zbekiston mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi, Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari qatnashdilar.

Muborak oy davomida bu kabi ehtirom-iftorlik tadbirlari tumanimiz bo‘ylab keng miqyosda davom etadi.







 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram