Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DO‘STLIK MAHALLASIDA IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
2024-03-18 20:30:16 276
Muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu an’ana bugun umummilliy harakatga aylandi.
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida 150 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nuroniylar uchun tuman hokimining tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
Ishtirokchilar tomonidan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ezgu ishlar, yurtimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash borasida olib borilayotgan amallar haqida fikr yuritildi.
Shuningdek ushbu tadbirda Qur’on oyatlari o‘qilib, turmushimiz farovon, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lishini, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm surishini tilab duolar qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadon vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad xursand bo‘lishdi.