Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-03-16 16:30:36 114
Navro‘z bayrami arafasida «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Qo‘shtepa tumanida ham uyushqoqlikda bilan tashkil etilmoqda.
Mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilyapti. Ariq-zovurlar tozalanib, daraxtlarga shakl berilyapti, tagi oqlanyapti, yangi daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda, chiqindilar tashib ketilmoqda.
Bugun tuman hokimi A.Abdullayev Qayrag‘och, Yo‘ldoshobod, Oqtepa, Qumtepa hamda Yangi do‘kon mahallalarida ham bo‘ldi. Tuman hokimi ushbu mahallalarda umumxalq xayriya hashari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, mahalla mas’ullariga umumxalq hasharida aholining uyushqoqligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.