Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-03-16 16:18:42 125
Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bugun erta tongdan tumanimizda boshlangan umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Jumladan, Nurafshon mahallasi ahli ham hasharda faol ishtirok etmoqdalar. Bugun mahalla hududidagi qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda daraxtlarni oqlash, hududni chiqindilar, shox-shabbalardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, yangi qurilayotgan mahalla guzurida ham hamjixatlikda ish tashkil etildi.
Tuman hokimi A.Abdullayev ushbu mahallada bo‘lib hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.