Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-03-16 15:49:38 113
Tumanimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Mahallalar ahli “Hashar elga yarashar” naqlga amal qilib, o‘z hududlarini obod, ozoda, toza va ko‘rkam bo‘lishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shmoqdalar.
“Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman hokimi A.Abdullayev Namuna va Qilizariq MFYlarida bo‘ldi.
Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga umumxalq hasharida aholini uyushqoqligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.