Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI” NING SHAYLIGI BO‘YICHA SAF KO‘RIGI O‘TKAZILDI

×

 2024-03-16 13:32:13    69

PDF yuklash
Chop etish



Bugun erta tongdan Qo‘shtepa tumanida tuman hokimi-Fuqoro muhofazasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev tomonidan tumanda “Navro‘z” bayrami tadbirlari o‘tkazilishi davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan “Fuqaro muhofazasi xizmatlari” ning shayligi bo‘yicha saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida samarali olib borish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkor bartaraf etish, shuningdek Navro‘z bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, joriy yilning 16-mart kuni yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda “Doimiy tayyorgarlikdagi Fuqaro muhofazasi xizmatlarining shayligi” yuzasidan saf ko‘rigi tashkil etildi.

Saf ko‘rigida sektor rahbarlari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va IIBning mas’ul rahbarlari hamda tumanning doimiy tayyorgarlikdagi Fuqaro muhofazasi xizmatlarining kuch-vositalari va rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida doimiy tayyorgarlikdagi Fuqaro muhofazasi xizmatlarining saf ko‘rigi tumanning “Markaziy madaniyat uyi oldi maydoni”deb belgilandi.

Tuman Fuqaro muhofazasi xizmatlarini yig‘ish uchun tuman Aloqa va xabar berish xizmatiga soat 08:00 dan boshlab o‘quv signali berish vazifasi topshirildi. Aloqa va xabar berish xizmati tomonidan soat 09:00 da tumandagi doimiy tayyorgarlikdagi Fuqaro muhofazasi xizmatlari (tibbiy xizmat, aloqa va xabar berish xizmati, yong‘in-qutqaruv xizmati, energetika xizmati, jamoat tartibini saqlash xizmati, sanitariya epidemiologiya nazorati xizmati, gaz ta’minoti xizmati, ichimlik suvi bilan ta’minlash xizmat, yo‘l xarakati xavfsizligi xizmati, daydi xayvonlarni ovlash xizmati, xayvonlarni muxofaza qilish va veterinariya nazorati xizmat) lariga signal berish boshlanib, soat 08:14 da xabar berish yakunlandi.

O’rganish yakunida Navro‘z bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida tezkor xizmatlarga zaruriy tavsiyalar berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram